Talabalar hayoti8-iyul, 2026

Talabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida

Bosh sahifaYangiliklarTalabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida
Talabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida

Talabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida

Talabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida
 
Bugun universitet rektori Hilola Umarova universitet Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan muloqot qildi.
 
Yoshlar yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqqan rejalari, amalga oshirishni ko‘zlayotgan loyihalari va universitet talabalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘lajak pedagoglarning kasbiy salohiyati, liderlik ko‘nikmalari hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan takliflarini taqdimot shaklida namoyish etdi.

Talabalar tashabbuslari — universitet rahbariyati e’tiborida
 
Rektor har bir g‘oyani diqqat bilan tinglab, tashabbuslar yuzasidan o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. Shuningdek, talabalar bilan erkin muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi hamda istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.
 
Muloqot yakunida yoshlar tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Yangi o‘quv yilidan “Top-100 start-up yosh pedagoglar”, “Summer Camp” va “Yangi avlod pedagoglari” kabi loyihalarni amalga oshirish, talabalarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi.
 
G‘oya tug‘ilgan joyda imkoniyat paydo bo‘ladi. Imkoniyat bor joyda esa o‘zgarish boshlanadi. Bu uchrashuv ana shunday o‘zgarishlarga poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

Teglar
#Yoshlar