
"BESH MILLION SUN'IY INTELLEKT YETAKCHILARI" LOYIHASI — TALABALAR UCHUN
Faol bo'ling — noutbuk yutib oling!
Har yili 250 nafar eng faol talaba qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.
1. QANDAY QATNASHILADI?
01. Ro'yxatdan o'ting: aileaders.uz platformasida shaxsan ro'yxatdan o'ting.
02. 5 ta kursni tugating: Platformadagi Coursera'ning 5 ta bepul onlayn kursi.
03. Ball to'plang: Sertifikat, ish va olimpiadalar orqali — 100 ballgacha.
2. BALLAR QANDAY BERILADI?
• Xorijiy til sertifikati:
- B2 daraja — 15 ball
- C1 va yuqori daraja — 30 ball
(Tan olingan ro'yxatdagi, amal qilish muddati o'tmagan sertifikatlar hisobga olinadi)
• AT sohasida ishga joylashish:
- AT sohasida — 15 ball
- Eksport kompaniyasida (AT xizmatlarini eksport qiluvchi kompaniyaga ishga joylashgan) — 30 ball
• Xalqaro olimpiada va tanlovlar:
- ICPC mintaqaviy — 20 ball
- ICPC final — 40 ball
- G'olib (ICPC finalida yuqori o'rin yoki President Tech Award, AI Hakaton, AI Award, Zulfiya g'olibi) — 40 ball
3. SOVG'ALAR — 250 TA
• Noutbuk: qiymati 20 BHMgacha — 60 ta
• Planshet: qiymati 10 BHMgacha — 30 ta
• Aqlli soat: qiymati 3 BHMgacha — 30 ta
• Platforma litsenziyasi: qiymati 2 BHMgacha — 30 ta
• Kitob vaucheri: qiymati 1 BHMgacha — 30 ta
Izoh: Eng yuqori ball to'plaganlarga avval noutbuk, keyingilarga planshet, aqlli soat, litsenziya va vaucher beriladi. "Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasi g'oliblari soni har bir hududdan 72 nafardan oshmaydi. Biror toifada g'oliblar yetarli bo'lmasa, sovg'alar boshqa toifalar o'rtasida qayta taqsimlanadi.
4. BALL QANDAY HISOLANADI: MISOL
• C1 darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega — 30 ball
• AT sohasida ishga joylashgan — 15 ball
• ICPC olimpiadasining mintaqaviy bosqichiga chiqqan — 20 ball
Jami ball (100 dan): 65 ball
(Agar AT xizmatlarini eksport qiluvchi kompaniyada ishlasa 30 ball, jami 80 ball bo'ladi. Ball qancha yuqori bo'lsa, sovg'a shuncha qimmat.)
5. MUHIM SHARTLAR VA MUDDATLAR
• Muddat: Natijalar 2025-yil boshidan har kalendar yil bo'yicha hisoblanadi, g'oliblar keyingi yilning I choragida e'lon qilinadi. E'londan so'ng 3 kalendar kuni ichida qayta ko'rib chiqish uchun ariza berish mumkin; arizalar 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.
• Diqqat! Ishtirokchi nomidan ruxsatsiz ro'yxatdan o'tish, uning nomiga sertifikat rasmiylashtirish va hujjatlarni soxtalashtirish natijalar bekor qilinishiga sabab bo'ladi.
• Rasmiy platforma: aileaders.uz
