Universitet missiyasi
Universitetimizning strategik ko'zlagan maqsadlari va qadriyatlari
Universitet missiyasi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining missiyasi ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar hamda yuqori malakali pedagog va mutaxassislarni tayyorlash orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish, milliy va xalqaro miqyosda barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Universitetning asosiy qadriyatlari quyidagilardan iborat:
● Akademik erkinlik va institutsional mustaqillik
● Halollik, axloqiy mas’uliyat va javobgarlik
● Ta’lim va ilmiy tadqiqotlarda mukammallikka intilish
● Innovatsiyalar va tadbirkorlik ruhini qo‘llab-quvvatlash
● Innovatsiyalar va ta’lim texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash
● O‘zaro hurmat, hamkorlik va ijtimoiy mas’uliyat
● Barqaror rivojlanish va global hamkorlik
Universitet quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
● Ilmiy tadqiqotlarga tayangan, talaba markazidagi ta’limni ta’minlash
● Xalqaro akademik va kasbiy standartlarga mos ta’lim dasturlarini amalga oshirish
● Tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish
● Ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va jamiyat bilan hamkorlikni integratsiyalash
● Akademik mukammallik va fanlararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash
● Internatsionallashuv, akademik mobillik va global hamkorlikni rivojlantirish
● Bitiruvchilarni umr bo‘yi ta’lim olishga va ta’lim hamda jamiyatda yetakchilik qilishga tayyorlash
● Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shish
Ta’lim istiqboli
Universitetning ta’lim konsepsiyasi inklyuziv, innovatsion va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib, u kompetent mutaxassislar, mas’uliyatli fuqarolar va milliy hamda global muammolarni hal etishga qodir kelajak yetakchilarini tayyorlashga xizmat qiladi.
