Umumiy ma'lumot

Boş sahifaUmumiy ma'lumot

Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti — mamlakatning yetakçi pedagogika universiteti

Biz haqimizda

Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti respublikamizning eng yirik ilmiy va ta'lim markazlaridan biri bölib, özining boy tarixi va şakllangan ijobiy an'analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagogik jamoasi talabalarga sifatli bilimlarni yetkazadi.

Öqituvçilar ixtiyorida öquv korpuslari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, bosmaxona, sport kompleksi, muzey, tayyorgarlik va qayta tayyorgarlik markazlari, öquv lageri, talabalar yotoqxonalari va öqituvçilar va talabalar uçun oşxonalar mavjud. Öqituvçi kasbi, şubhasiz, barça mutaxassisliklar orasida eng şarafli va ğururli kasbdir. Har bir inson, kasbidan qat'i nazar, özining birinçi darsini öqituvçidan oladi. Uşbu şarafli kasb – öqituvçilik mas'uliyati – soğlom, bilimli, erkin fikrlovçi avlodni tarbiyalaşdir, bu avlod buyuk Özbekistonimizning kelajagini yaratadi. Bu öqituvçidan sabr-toqat va fidoyilikni talab qiladi. Bunday mutaxassislar tayyorlaş uçun ta'lim muassasasi 1935-yilda taşkil etilgan bölib, 1947-yilda unga Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika instituti nomi berilgan. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari taşkil etiş va ular faoliyatini boşqariş töğrisida"gi qaroriga muvofiq institutga Toşkent davlat pedagogika universiteti maqomi berildi. U akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uçun malakali pedagoglar tayyorlaş böyiça asosiy oliy ta'lim muassasasi etib tayinlandi. Bu oliy öquv yurtlari öqituvçilariga katta mas'uliyat yukladi.

Universitet tarixi

2025

Milliy pedagogika universiteti taşkil etilişi

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” gi 73-sonli farmoni tasdiqlandi. Farmonda mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlaş tizimini yagona yondaşuv asosida tubdan takomillaştiriş, mazkur yönalişda oliy taʼlim dasturlarini xalqaro tajriba asosida transformatsiya qiliş, şuningdek, taʼlim sohasida uzviylik va uzluksizlikni hamda ilm-fan va amaliyot uyğunligini taʼminlaş maqsadida maktabgaça va maktab taʼlimi taşkilotlari uçun yagona yondaşuv asosida pedagog kadrlar tayyorlaşni amalga oşiriş; pedagogik taʼlim sohasining taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlariga mos ravişda takomillaştiriş hamda dual taʼlim şaklidan keng foydalaniş belgilangan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti taşkil etildi şuningdek universitetni respublikada pedagog kadrlar tayyorlaş böyiça yetakçi oliy taʼlim taşkiloti etib belgilandi.
2025

Universitet tuzilmasi

Universitet kuzatuv kengaşi
Rektor
Universitet kengaşi
Yuridik maslahat
Ilmiy kengaş kotibi
Protokol xizmati
Rektor yordamçisi
Psixologiya markazi
Toş. vil. pedagogika texnikumi
Yangiyöl 1-son politexnikumi
Toşkent pedagogika texnikumi
Buqo pedagogika texnikumi
Qayta tayyorlaş markazi
Rektor maslahatçisi
Maslahatçi (ayollar)
Maslahatçi (quriliş)
Ijtimoiy barqarorlik maslahatçi
HR bölimi
Murojaatlar bölimi
Ta'lim sifati bölimi
Antikorrupsiya nazorat
Press-kotib
Içki audit
Devonxona va arxiv
Axborot va media
Boş muhandis
Psixolog

Bizning hamkorlar