Korrupsiyaga qarshi kurashish haqida
Nizomiy nomidagi O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti barcha faoliyat sohalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha izchil siyosat yuritadi.
Universitet ta'lim jarayonining shaffofligini, talabalar bilimini adolatli baholashni, moliyaviy faoliyatning ochiqligini va akademik halollik tamoyillariga rioya qilishni ta'minlaydi.
Agar sizga universitet xodimlari tomonidan korrupsiya qonunbuzarliklari haqida ma'lum bo'lsa, murojaat sahifasi, Telegram bot yoki ishonch telefoni orqali xabar berishingizni so'raymiz.
Normativ-huquqiy baza
So‘nggi yillarda O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tub burilish yasadi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan 3 ta Qonun, 6 ta Farmon va 4 ta Qaror imzolandi va qabul qilindi.
Nima haqida xabar berish mumkin
Bo‘lim xodimlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi

Matanov Faxriddin Karimovich
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i

Umurzakov Nurali Xamzayevich
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi

Absalomov Suyunbek To‘lqin o‘g‘li
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi
Huquqiy asos
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida
Pedagogning maqomi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida
Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Murojaat uchun kontaktlar
Biz Telegramda
O‘zMPU Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining rasmiy Telegram kanali. Murojaatlar uchun — @Antikoruznpubot.
Korrupsiyaga duch keldingizmi?
Barcha murojaatlar maxfiy ko'rib chiqiladi. Ariza beruvchining shaxsiy ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida"gi qonuniga muvofiq himoyalangan. Anonim murojaatlar ham qabul qilinadi.
