Ilmiy jurnal
NPUU ilmiy axborot jurnali
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
NPUU ilmiy axborot jurnali
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali

Jurnal haqida
Jurnalning to'liq nomi
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
Jurnal ta'sis etilgan sana
2014-yil 30-iyulda № 02-00175 raqami bilan ro'yxatga olingan
Nashr davriylik
Har oyda nashr etiladi (yiliga 12 son)
Bosma ISSN
ISSN 2181-9580
Onlayn ISSN
—
Scopus da indeksatsiya
—
Qisqacha tavsif
Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universitetining "Tahrir va nashr" bo'limida nashr etiladi. Format 60×84 1/8.
Nashriyot haqida
Tashkilotning to'liq nomi
Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti (NPUU)
Elektron pochta
Tashkilot veb-sayti
Manzil
Toshkent sh., Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 27-uy
ILMIY AXBOROTLARI ILMIY-NAZARIY JURNALI

Jurnal haqida
Tashkilot nomi
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
Qisqacha tavsif
“Tolerantlik” zamonaviy mutaxassisning muhim kasbiy fazilati sifatida qaraladi, u faol axloqiy pozitsiyada va pedagogik jarayonning boshqa ishtirokchilari bilan konstruktiv hamkorlikka tayyorlikda namoyon bo‘ladi. Bu sifat insonparvarlik, sabr-toqat, do‘stona munosabat ko‘rsatish hamda kasbiy sohadagi nizoli vaziyatlarni zo‘ravonliksiz asosda hal qilishga intilish bilan tavsiflanadi. Maqolada “tolerantlik” hodisasini tushunishga doir ilmiy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Talabalarda tolerantlikning shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan bir qator omillar mavjud. Tolerantlikni shakllantirish yo‘li — ijtimoiy xurofotlar va salbiy ijtimoiy stereotiplardan voz kechish, insonning individual xususiyatlaridan qat’i nazar, unga nisbatan xolis munosabatni rivojlantirish, tolerantlararo shaxslararo munosabat ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, tarbiyaviy ishlarda ma’ruzalar, munozaralar, o‘yinlar va treninglardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Mazkur maqolaning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida zaruriy komponent hisoblangan kommunikativ tolerantlikni yoritib berishdan iborat.
Muallif
Karimova E’zozxon Gapirjonovna Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
Multimadaniyatli ta’lim muhiti va bo‘lajak o‘qituvchilarda tolerantlik kompetensiyalarini rivojlantirishning o‘zaro aloqadorligi.

Jurnal haqida
Tashkilot nomi
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
Qisqacha tavsif
Zamonaviy sharoitda mamlakatimizda ta’limni isloh qilishdan ko„zlangan eng asosiy maqsad xalqarolashuv sharoitida bo„lajak o„qituvchilarda milliy va umummadaniy kompetentlikni rivojlantirish, multimadaniy ta’lim muhiti va tolerantlikni rivojlantirish konvergensiyasiga erishishdan iborat. Mazkur maqolada “multimadaniyat” va “tolerantlik” tushunchalari kontent tahlili manbalar bilan ishlash orqali amalga oshirilgan. Shuningdek, multimadaniyat bo‘lajak o‘qituvchilarda tolerantlik kompetensiyalarini rivojlantirishning muhim sharti ekanligi aniqlashtirilib, tolerantlikning o‘ziga xos jihatlari, ko‘rinishlari, yondashuvlari, modellari tahlil qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tolerantlik kompetensiyalarini rivojlantirish muammosini tadqiq etish pedagogika nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotiga muayyan darajada xizmat qiladi.
Muallif
Karimova E’zozxon Gapirjonovna Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
SIYOSIY BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA TOLERANTLIKNING IJTIMOIY-SIYOSIY AHAMIYATI

Jurnal haqida
Tashkilot nomi
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
Qisqacha tavsif
Mazkur maqolada tolerantlik tushunchasining siyosiy barqarorlikka ko'rsatadigan ta'siri chuqur tahlil gilinadi. Unda tolerantlik fugarolar o'rtasida o zaro murosa, bag'rikenglik, muloqot madaniyati va itimoiy hamjihatlikni shakllantiruvchi asosiy qadriyat sifatida qaraladi. Shuningdek, uning siyosiy tizim barqarorligi, fuqarolik jamiyati institutiari rivoji va demokratik jarayonlami mustahkamlashdagi o'rni ilmiy asoslar va amaliy misollar yordamida yoritib beriladi. Muallif tomonidan tolerantlikning ijtimoiy-siyosiy jarayonlar barqarorligiga ta'sir etuvchi omil sifatida ahamiyati asoslab beriladi hamda uni rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar taklif etiladi.
Muallif
Karimova E'zozxon Gapirjonovna Maxmudov Abduxalim Xamidovich
BAG‘RIKENGLIK: UMUMIY ASOSLAR VA TADQIQOTGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Jurnal haqida
Tashkilot nomi
"O'zbekiston milliy pedagogika universiteti ilmiy axborotlari" ilmiy-nazariy jurnali
Qisqacha tavsif
Ushbu maqolada bag‘rikenglik hodisasining zamonaviy jamiyatning muhim tarkibiy qismi sifatidagi umumiy asoslari o‘rganiladi. Tadqiqotning maqsadi bag‘rikenglikni o‘rganishga nazariy yondashuvlarni tizimlashtirish va uning tarkibiy qismlarini aniqlashdir. Nazariy tahlil, qiyosiy tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlarni tizimlashtirish usullaridan foydalangan holda muallif bag‘rikenglikning falsafiy, psixologik va sotsiologik jihatlarini tahlil qiladi. Natijalar bag‘rikenglik kognitiv, hissiy va xulq-atvor komponentlarini o‘z ichiga olgan ko‘p bosqichli konstruksiya ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy ko‘p madaniyatli jamiyatda bag‘rikenglik ongini rivojlantirishning asosiy omillari aniqlangan.
Muallif
Karimova E’zozxon Gapirjonovna Sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY KOMPETENTLIK METODIKASINI RIVOJLANTIRISH.
Jurnal haqida
Muallif
Turopova Maxliyo Erkin qizi Xalqaro innovatsion universiteti o‘qituvchisi
…
