9 ta fakultet, 58 dan ortiq yo'nalish
Fakultet aniq fanlar sohasida chuqur tayyorgarlikni ta'minlaydi hamda o'qituvchi va tadqiqotchilarni tayyorlaydi.
Tarix, madaniyatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohasida mutaxassislar tayyorlash.
Fakultet biologiya, kimyo va ekologiya bo'yicha tayyorgarlikni ta'minlaydi.
Musiqa, tasviriy san'at, teatr va madaniyatshunoslik sohasida mutaxassislar tayyorlash.
Boshlang'ich sinf pedagoglari va metodistlarini tayyorlash, ta'limning psixologik-pedagogik asoslarini o'rganish.
Fakultetda 7 ta yo'nalish mavjud. O'zbek tilshunosligi, adabiyotshunoslik va o'qitish metodikasi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash.
INNOVATSION PEDAGOGIKA QO‘SHMA TA’LIM OLIY MAKTABI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT 2017-yil 25-sentabrda imzolangan memorandumga muvofiq Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘rtasida Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabi tashkil etilgan. Qo‘shma ta’lim oliy maktabida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari) amalga oshirilmoqda: • 60310300 – Amaliy psixologiya, • 60110200 – Maktabgacha ta’lim, • 60110400 – Boshlang‘ich ta’lim. Mazkur ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’limda jami 23 nafar, sirtqi ta’limda esa 79 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan: • 70110401 – Inklyuziv ta’lim, • 70310901 – Psixologiya, • 70510101 – Biologiya. Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha jami 52 nafar magistrant tahsil olmoqda. 2020-yil 30-dekabrda imzolangan memorandum asosida Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda quyidagi magistratura mutaxassisliklari ochilgan: • 70110201 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi), • 70110501 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim). Mazkur mutaxassisliklar bo‘yicha jami 46 nafar magistrant tahsil olmoqda. 2022-yil 20-oktabrda E.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti bilan imzolangan memorandumga muvofiq 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi ta’lim shakli) tashkil etilgan bo‘lib, unda jami 63 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, 70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 9 nafar magistrant ta’lim olmoqda. 2024-yil 25-mayda imzolangan memorandum asosida Ahmad Yassaviy nomidagi Turk–Qozoq universiteti bilan hamkorlikda 60110800 – Rus tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (kunduzgi ta’lim shakli) yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda 22 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, Tashenov nomidagi universitetlar bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari asosida 6B01711 – O‘zbek tili va adabiyoti hamda 6B01711 – Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (kunduzgi ta’lim shakli) bo‘yicha jami 14 nafar talaba tahsil olmoqda. Ushbu memorandumlar tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari tomonidan imzolangan. Qo‘shma ta’lim dasturi 3+1 formatida amalga oshiriladi, ya’ni talabalar 3 yil O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida, 1 yil esa (3-kursda) hamkor oliy ta’lim muassasasida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladilar. Ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida O‘zMPU hamda hamkor oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabiga pedagogika fanlari nomzodi, professor Ismailov Omilxon Shukurillayevich rahbarlik qiladi. O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari — Umarova Barno Zakirovna, uslubchi — Abdullayeva Maftuna Muxitdinovna, tyutor — Rajabov Alisher Abdumajidovich faoliyat olib bormoqda. Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga ikki oliy ta’lim muassasasining diplomlari taqdim etiladi.
Fakultetda 20 nafar fan doktori, 35 nafar fan nomzodi, 26 professor, 34 dotsent faoliyat yuritadi. Ilmiy salohiyat 75 foizni tashkil etadi.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli harbiy o‘quv bo‘linma hisoblanib, uzluksiz o‘quv – tarbiyaviy jarayon amalga oshirilishini ta’minlashdan iborat. Sikl “60111000-Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan talabalardan Qurolli Kuchlarimizda keng ko‘lamdagi islohotlar olib borilayotgan hozirgi davrda bo‘lg‘usi ofitserlardan nafaqat o‘z kasbining ustasi bo‘lish, shu bilan birga ulardan yuksak axloqiy-ma’naviy xislatlarga va chuqur bilimga ega bo‘lgan tarbiyachi turli vaziyatlarda nostandart harakat qiladigan vatan himoyachilarini etishtirish. Harbiy ta’lim fakultetining maxsus tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi fanlardan nazariy va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda: - Xalqaro gumanitar huquq; - Harbiy san’at tarixi va milliy meros; - Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi; - Harbiy rahbar mahorati va etikasi; - Zamonaviy armiyani rivojlanish nazariyasi; - Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari. Bundan tashqari maxsus tayyorgarlik siklida talabalarni harbiy mutaxassislik bo‘yich chuqurroq bilim va ko‘nikmalar shakillantirish maqsadida to‘garaklar shakillantirilgan, bulardan: - Voleybol; - Yosh qutqaruvchi; - Harbiy psixolog; - Basketbol; - Stol tennisi. So‘nggi yillarda maxsus tayyorgarlik siklida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatiga ham alohida ahamiyat qaratilib kelinadi va professor-o‘qituvchilar doimiy ravishda o‘zlarining ilmiy salohiyatlarni oshirish borasida bir nechta o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar, risolalar yaratib kelishmoqda.