Universitet strategiyasi

O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti rivojlanishining strategik yo'nalishlari

Bosh sahifaUniversitet haqidaUniversitet strategiyasi

Universitetning missiyasi

O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti — mamlakatning pedagogik ta'lim sohasidagi yetakchi markazi bo'lib, ta'lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydi.

Strategik yo'nalishlar

1. Ta'limda uzluksizlikni ta'minlash

Maktabgacha, umumta'lim va o'rta maxsus ta'lim muassasalari, kasb-hunar va pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, shu sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy va malaka oshirish tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni ta'minlash va mustahkamlash.

2. Strategik rejalashtirish

Mamlakatda pedagogik ta'limni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, uning o'rta va uzoq muddatli strategik dasturini tasdiqlash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilish.

3. Ta'lim dasturlarining muvofiqligi

Pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalarining o'quv rejalari va ta'lim dasturlarining izchilligini, shuningdek, ularning maktabgacha, umumta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar va kadrlarni qayta tayyorlash hamda malaka oshirish muassasalari dasturlari bilan muvofiqligini ta'minlash.

4. Ilg'or tajribani ommalashtirish

Pedagogika sohasidagi ta'lim muassasalarining ijobiy tajribasini, shuningdek, o'quvchilar bilimini o'qitish va baholashning zamonaviy usullarini ommalashtirish.

5. Ilmiy-tadqiqot faoliyati

Pedagogika sohasida fan va ta'limni rivojlantirishning dolzarb muammolarini aniqlash, ularni keng jamoatchilik bilan, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va xorijiy ilg'or tajriba asosida ularni hal etish bo'yicha tavsiyalar tayyorlash.

6. Kadrlar tayyorlash

Pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ta'lim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.

2030 yilga ko'rsatkichlar

  • Xalqaro hamkorliklar sonini 200+ ga oshirish
  • Barcha ta'lim dasturlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish
  • Bitiruvchilarning ish bilan bandlik darajasini 98% gacha oshirish
  • Jahon darajasidagi ilmiy maktablarni rivojlantirish
  • Innovatsion ta'lim klasterini yaratish

Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti . TRANSFORMASIYA STRATEGIYASI