7 tadbirlar

Yoshlar va ma'naviy tadbirlar

Bosh sahifaYoshlar faoliyatiYoshlar va ma'naviy tadbirlar

Talabalar uchun ijodiy, intellektual, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar

Yoshlar va ma'naviy tadbirlar
Zulfiyaxonimning tug'ilgan kunining 111 yilligi

Zulfiyaxonimning tug'ilgan kunining 111 yilligi

2026-yil 2-martda filologiya fakultetida "Mushoira" to'garagi bilan hamkorlikda Zulfiyaning tug'ilgan kunining 111 yilligiga bag'ishlangan ijodiy kecha bo'lib o'tdi.Tadbirda "O'zbekiston" telekanali bosh muharriri, shoira Zebo Mirzo hamda xizmat ko'rsatgan murabbiy Quvondiq Siddiqov ishtirok etdilar. Ijodkorlar Zulfiya ijodining bugungi avlod ma'naviy-axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati haqida so'zladilar.

Batafsil
Yangi jamoalar va ansambllar

Yangi jamoalar va ansambllar

Professional ta'lim va san'at fakultetida "Liderlar" estrada-instrumental guruhi, "Bahor" orkestr ansambli hamda "Tabassum" qiz dutorchilar ansambli tashkil etildi.Ushbu jamoalar ishtirokida universitetning madaniy-ma'rifiy tadbirlari yanada yuqori darajada va ko'tarinki ruhda o'tmoqda.

Batafsil
"Zakovat" intellektual o'yinlar to'garagi

"Zakovat" intellektual o'yinlar to'garagi

Barcha fakultetlarda "Zakovat" va "Zakovat QUIZ" to'garaklari tashkil etilgan. Talabalar bilimini mustahkamlash uchun muntazam intellektual o'yinlar o'tkaziladi.To'garaklar soni — 4, jamoalar soni — 10, umumiy ishtirokchilar soni — 100 nafar.Natijalar: 1-o'rin — "Intellekt" jamoasi (maktabgacha va boshlang'ich ta'lim), 2-o'rin — "Oscar" (pedagogika-psixologiya), 3-o'rin — "Fenix" (tabiiy fanlar).

Batafsil
"Yangi O'zbekiston" talabalar olimpiadasi

"Yangi O'zbekiston" talabalar olimpiadasi

Universitetda talabalarning sport musobaqalarida ishtirok etishlari uchun qo'shimcha sharoitlar yaratilgan. "Yangi O'zbekiston talabalari olimpiadasi" ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Fakultetlar jamoalari 7 xil sport turi bo'yicha o'zaro bellashmoqda. Musobaqa yoshlar orasida sportni rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatining amaliy ifodasi hisoblanadi.

Batafsil
Amir Temurning 690 yilligi

Amir Temurning 690 yilligi

Talabalar buyuk sarkarda tug'ilgan kunining 690 yilligi munosabati bilan Amir Temur skveri va muzeyini ziyorat qilishdi. Tashrif davomida talabalar Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvi va harbiy san'atdagi buyuk roli bilan tanishdilar.Bunday tadbirlar yoshlarda milliy g'urur va vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Batafsil
Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif

Islom tsivilizatsiyasi markaziga tashrif

2-kurs talabalari Islom tsivilizatsiyasi markazini ziyorat qilishdi. Tashrif davomida ular buyuk olimlarning merosi va ularning fan hamda madaniyat rivojiga qo'shgan hissasi bilan tanishdilar.Interaktiv texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi. Tashrif mazmunli, qiziqarli va rag'batlantiruvchi bo'ldi.

Batafsil
Harbiy-vatanparvarlik estafetasi

Harbiy-vatanparvarlik estafetasi

Harbiy ta'lim fakultetida Amir Temur tug'ilgan kuniga bag'ishlangan 2-kurs talabalari o'rtasida harbiy-sport estafetasining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.Ishtirokchilar quyidagi bosqichlarda mahoratlarini namoyish etdilar:Gaz niqobida 100 metrga yugurishAK-74 avtomatini yig'ish va qismlarga ajratishPnevmatik miltiqdan nishonga otish30 kg og'irlikdagi qutini ko'tarib finish masofasini bosib o'tish

Batafsil