Universitet yoshlarining ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlari
Nizomiy nomidagi OʻzMPU Filologiya fakultetida 2026-yil 2-mart kuni “Mushoira” klubi bilan hamkorlikda Zulfiya tavalludining 111 yilligiga bag'ishlab badiiy kecha bo'lib o'tdi. Tadbirda “O’zbekiston” telekanali katta muharriri, shoira Zebo Mirzo va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni sohibi, ustoz ijodkor Quvondiq Siddiqov tashrif buyurib, talaba-qizlar bilan ijodiy muloqot qildilar. Uchrashuv davomida ijodkorlar o‘z ijod yo‘li, she’riyatdagi izlanishlari hamda Zulfiya ijodining bugungi avlod ma’naviy tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdi. Talaba-qizlar tomonidan berilgan savollar samimiy muloqot ruhida davom etdi.
Professional ta’lim va san’at fakultetida “Liderlar” estrada cholg‘u guruhi, “Bahor” arkestr ansanbili hamda “Tabassum” dutorchi qizlar ansanbili tashkil etildi. Ushbu jamoalar ishtirokida universitetning madaniy va ma’rifiy tadbirlari yanada ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda.
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining barcha fakultetlarida “Zakovat” va “Zakovat QUIZ” klublari tashkil etilib talabalarni bilimlarini mustahkamlash borasida fakultetlarda “Zakovat” intellectual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan: Universitetning “Zakovat” intellektual klubi “Pedagog” terma jamoasi qoshida “Zakovat” intellektual to‘garaklari tashkil etildi. Zakovat to‘garaklari soni-4 ta. Zakovat to‘garaklari jamoalari soni-10 ta. Zakovat to‘garaklari a’zolari soni 100 nafarni tashkil etildi. 1-o'rin “Intellekt” jamoasi, (Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti) 2-o'rin “Oscar” jamoasi (Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti) 3-o'rin “Fenix” jamoasi (Tabiiy fanlar fakulteti)
Universitetda tahsil olayotgan talabalarning sport musobaqalarida, tanlovlarda ishtirok etishlari uchun dars mashg‘ulotlaridan qo‘shimcha sharoitlar yaratilgan. Universitetimizda “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Barchamizga ma'lumki, mamlakatimizda sportga qaratilayotgan e’tibor ortib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun imkoniyatlar kengaymoqda. Mazkur musobaqa ham ana shu izchil siyosatning amaliy ifodasi hisoblanadi. Ushbu bosqichda fakultet jamoalari sportning 7 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
Nizomiy nomidagi O‘zMPU yoshlari buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboni hamda muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talaba-yoshlar Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvi va harbiy san’atdagi beqiyos o‘rni haqida yaqindan ma’lumotga ega bo‘lishdi. Bu kabi tashriflar yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
2-kurs talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Talabalar buyuk allomalar merosi, ilm-fan va madaniyatga qo‘shgan hissasi bilan tanishdi. Interaktiv texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar esa ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Mazmunli, qiziqarli va motivatsion tashrif bo‘ldi!
Harbiy taʼlim fakultetida “Amir Temur tavalludiga bagʻishlab” 2-bosqich talabalari oʻrtasida harbiy-sport estafetasi musobaqasi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada fakultetning 2-bosqich talabalari oʻzaro kuch sinashdilar. Talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va vatanparvarlik ruhini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada talabalar quyidagi shartlar boʻyicha mahorat koʻrsatdilar: 1-shart 100 metrga gaz niqobda yugurish 2-shart Ak-74 qurolini toʻliq va noto'liq qismlarga ajratish 3-shart Pnevmatik miltiqdan nishonga oʻq uzish 4-shart 30 kg yashik koʻtarib marraga yetib boorish