Barqaror rivojlanish

Barqaror rivojlanishga sadoqat

Bosh sahifaBarqaror rivojlanishga sadoqat

Biz haqimizda

Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals - SDGs) 2015-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan 2030-yilgacha bo'lgan Barqaror rivojlanish kun tartibining muhim qismini tashkil etadi. Bu global tashabbus insoniyat oldida turgan eng dolzarb ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan 17 ta o'zaro bog'liq maqsad va 169 ta vazifani o'z ichiga oladi. Barqaror rivojlanish maqsadlari qashshoqlikni kamaytirish, sifatli ta'limni ta'minlash, genderli tenglikni rivojlantirish, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash, tabiiy resurslarni himoya qilish hamda tinch va barqaror jamiyatni shakllantirish kabi asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi. Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo'llab-quvvatlashni o'z faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida ko'radi. Universitet ta'lim jarayoni, ilmiy-tadqiqot faoliyati va ijtimoiy tashabbuslar orqali barqaror rivojlanish g'oyalarini ilgari suradi. Barqaror rivojlanish tamoyillarini ta'lim dasturlariga integratsiya qilish, talabalarda ekologik va ijtimoiy mas'uliyatni shakllantirish hamda jamiyatning barqaror rivojlanishiga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash universitetning muhim faoliyat yo'nalishlari hisoblanadi. Universitet talabalarda barqarar rivojlanish g'oyalarini chuqur tushunishni shakllantirish, ijtimoiy mas'uliyatli mutaxassislar tayyorlash va ularning global muammolarni hal etishga faol ishtirokini ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi. Ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va jamiyat bilan hamkorlik orqali universitet barqaror va inklyuziv rivojlanishga hissa qo'shadi.