Qaşşoqlikka barham beriş
Barqaror rivojlaniş maqsadi 1

Qaşşoqlikka barham beriş

SDG 1

2030 Kun tartibi: BRM 1 - Qaşşoqlikka barham beriş

Nizomiy nomidagi Özbekiston Milliy pedagogika universiteti ijtimoiy va iqtisodiy tösiqlarni bartaraf etiş orqali iqtidorli talabalarning oliy ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş va ularning ta’limiy intilişlarini röyobga çiqariş yölida teng imkoniyatlarni ta’minlaşga intiladi. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Barqaror rivojlaniş maqsadlari 1-maqsadi — “Qaşşoqlikka barham beriş” (SDG 1) hamda Özbekiston Respublikasining milliy ijtimoiy himoya siyosatiga muvofiq Universitet inklyuziv qabul amaliyotlari, moliyaviy kömak dasturlari va talabalarni kompleks qöllab-quvvatlaş xizmatlarini amalga oşiradi. Mazkur taşabbuslar orqali Universitet ta’limdagi tengsizlikni kamaytiriş, ijtimoiy mobillikni rağbatlantiriş hamda har bir talabaning ijtimoiy-iqtisodiy kelib çiqişidan qat’i nazar, muvaffaqiyatga erişişi uçun teng imkoniyat yaratişga hissa qöşadi..

Qaşşoqlikka barham beriş

Missiya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va zaif qatlamlardan bölgan talabalarni inklyuziv qabul, moliyaviy yordam va har tomonlama ijtimoiy qöllab-quvvatlaş orqali sifatli oliy ta’limdan teng va adolatli foydalaniş imkoniyati bilan ta’minlaş.

Universitetning istiqboli

Moliyaviy yoki ijtimoiy şaroitlardan qat’i nazar, har bir talaba uçun ta’lim oliş imkoniyatlarini ta’minlaydigan, inklyuziv universitet hamjamiyatini şakllantiriş hamda har bir talabaning akademik muvaffaqiyatga erişişi va barqaror ijtimoiy rivojlanişga munosib hissa qöşişi uçun imkoniyat yaratiş.

Ustuvor yönalişlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlardan bölgan talabalar uçun oliy ta’limdan teng foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş.

Grantlar va maqsadli moliyaviy yordam orqali ta’lim oliş yölidagi moliyaviy tösiqlarni kamaytiriş.

Şaffoflik, adolatlilik va teng imkoniyat tamoyillariga asoslangan inklyuziv qabul tizimini rivojlantiriş.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar guruhlarini kompleks ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari orqali qöllab-quvvatlaş.

Barça talabalar uçun qulay, inklyuziv va talaba manfaatlariga yönaltirilgan ta’lim muhitini yaratiş.

Ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida milliy ijtimoiy himoya institutlari bilan hamkorlikni mustahkamlaş.

Faoliyat yönalişlari

Faoliyat yönalişlari

  • Inklyuziv qabul: Universitet tenglik, inklyuzivlik va ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan qabul siyosatini amalga oşiradi. Milliy ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimlariga, jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoşlar daftari”ga kiritilgan abituriyentlar uçun qöşimça qabul imkoniyatlari yaratiladi. Nogironligi bölgan abituriyentlar uçun qabul jarayonida teng iştirok etiş imkoniyatini ta’minlaş maqsadida zarur şaroit va moslaştirilgan imkoniyatlar yaratiladi.
  • Moliyaviy yordam va stipendiyalar: Moliyaviy kömak dasturlari talabalarga iqtisodiy qiyinçiliklarni yengib ötiş va ta’limini muvaffaqiyatli davom ettirişda yordam beradi. 2025–2026 öquv yilida 1 205 nafar talabaga turli stipendiya dasturlari doirasida moliyaviy yordam körsatildi. Mazkur dasturlar davlat stipendiyalari, ijtimoiy stipendiyalar, nogironligi bölgan talabalar uçun oşirilgan stipendiyalar hamda akademik va boşqa yutuqlar asosidagi stipendiyalarni öz içiga oladi. Yuqori natijalarga erişgan talabalar Özbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Navoiy stipendiyasi, Avloniy stipendiyasi va Bobur stipendiyasi kabi nufuzli davlat stipendiyalarini oliş imkoniyatiga ham ega.
  • Talabalar hayoti va akademik qöllab-quvvatlaş: Universitet akademik muvaffaqiyat va talabalar farovonligini ta’minlaşga xizmat qiladigan inklyuziv va qöllab-quvvatlovçi ta’lim muhitini yaratgan. Hozirda 3 202 nafar talaba Universitet talabalar turar joylarida istiqomat qiladi. Talabalar turar joylarini taqsimlaşda kam ta’minlangan oilalardan bölgan talabalar hamda boşqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga ustuvorlik beriladi. Talabalar mentorlik dasturlari, akademik maslahat va yönaltiriş xizmatlari, qulay va foydalaniş imkoniyati ta’minlangan kampus infratuzilmasi, şuningdek, butun ta’lim jarayoni davomida uzluksiz akademik qöllab-quvvatlaş xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega.
  • Ijtimoiy himoya va talabalarni qöllab-quvvatlaş: Universitet qöşimça yordamga ehtiyojmand talabalarni, jumladan, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan talabalar, nogironligi bölgan talabalar, homiladorlik va tuğruq munosabati bilan akademik ta’tilga çiqqan talabalar, şuningdek, milliy ijtimoiy himoya dasturlariga kiritilgan talabalarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan kompleks ijtimoiy kömak tizimini yölga qöygan. Talabalarning ehtiyojlarini muntazam monitoring qiliş hamda davlat taşkilotlari bilan samarali hamkorlik qiliş orqali ularga öz vaqtida va samarali yordam körsatiş ta’minlanadi.

Asosiy yutuqlar

  • BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq inklyuziv qabul siyosatining joriy etilişi.
  • Milliy ijtimoiy himoya dasturlarida iştirok etuvçi abituriyentlar uçun qöşimça qabul imkoniyatlarining yaratilişi.
  • 2025–2026 öquv yilida 1 205 nafar talabaga moliyaviy yordam körsatilişi.
  • 3 202 nafar talabani Universitet talabalar turar joylariga joylaştirilişi.
  • Nogironligi bölgan talabalar uçun qulay va foydalaniş imkoniyati ta’minlangan kampus infratuzilmasining yaratilişi.
  • Talabalar uçun mentorlik, psixologik maslahat va akademik maslahat xizmatlarining kompleks yölga qöyilişi.
  • Milliy ijtimoiy himoya organlari bilan samarali hamkorlikning mustahkamlanişi.
Asosiy yutuqlar

Ta’sir

Universitetning moliyaviy yordam, inklyuziv qabul, ta’lim oliş imkoniyatlarining oçiqligi va talabalarni kompleks qöllab-quvvatlaşga asoslangan yaxlit yondaşuvi ta’limdagi tengsizlikni kamaytiriş hamda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlardan bölgan talabalar uçun ta’lim oliş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi. Oliy ta’limdan teng foydalaniş imkoniyatlarini ta’minlaş va ijtimoiy inklyuziyani mustahkamlaş orqali Universitet Barqaror rivojlaniş maqsadlarining 1-maqsadi — “Qaşşoqlikka barham beriş” (SDG 1) ga erişişga faol hissa qöşadi.
Qaşşoqlikka barham beriş