
O‘zbekiston va Rossiya: Yangi avlod pedagogi uchun yangi hamkorlik formati
Farg‘onada o‘tayotgan O‘zbekiston – Rossiya hududlari kengashining III yig‘ilishi doirasida “Ikki tomonlama hamkorlikning madaniy-gumanitar yo‘nalishi” mavzusida panel sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
Xalqaro tadbirda Innovatsion pedagogika qo‘shma ta’lim oliy maktabi dekani Omilxon Ismoilov ma'ruza qilib, O‘zbekiston va Rossiya oliy ta’lim muassasalarining yangi formatdagi o‘qituvchini tayyorlashdagi hamkorligi masalasini ilgari surdi.
Ma’ruzada ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik va ilmiy tajriba almashinuvi, akademik mobillik hamda professor-o‘qituvchilar hamkorligini kengaytirish masalalariga e'tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim talablari asosida yangi avlod o‘qituvchilarini tayyorlashning samarali yondashuvlariga urg‘u berildi.
Mazkur hamkorlik O‘zMPU talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun tajriba almashish, akademik mobillik imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy ta’lim metodlarini o‘quv jarayoniga olib kirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
