
"BESH MILLION SUN'IY INTELLEKT YETAKCHILARI" LOYIHASI — OTM RAHBARIYATI UCHUN
"Eng faol oliy ta'lim tashkiloti"
Jami mukofot - 435 BHM. Har yili eng yuqori ball to'plagan 3 ta OTM pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
1. MUKOFOTLAR
• 1-o'rin: 250 BHM
• 2-o'rin: 125 BHM
• 3-o'rin: 60 BHM
2. QANDAY G'OLIB BO'LINADI?
Ishtirokchilar natijalari 5 ta ko'rsatkich bo'yicha 100 ballik tizimda baholanadi: (01 + 02 + 03 + 04 + 05).
Eng yuqori ball to'plagan 3 ta OTM g'olib deb topiladi.
3. 100 BALL QANDAY TAQSIMLANADI?
01. Platformada bepul kurslarni tamomlagan talabalar ulushi (OTMdagi barcha talabalarga nisbatan) — 30 ball
02. Xorijiy til sertifikatiga ega AT talabalari ulushi (B2 va undan yuqori, muddati o'tmagan) — 20 ball
03. Xorijiy til sertifikatiga ega AT pedagoglari ulushi — 15 ball
04. AT yo'nalishi bo'yicha ishga joylashgan bitiruvchilar ulushi (RTV tizimi va IT Park rezidentlarida) — 20 ball
05. ICPC, President Tech Award, AI Xakaton, AI Award yutuqlari, Zulfiya mukofoti g'oliblari — 15 ball
4. ULUSH OSHGANI SARI BALL HAM OSHADI (Jadval asosida)
• Ko'rsatkichlar bo'yicha foizlar (5-25% | 26-55% | 56-75% | 76%+):
- 01 Kurslarni tamomlaganlar: 5 | 10 | 20 | 30 ball
- 02 Talabalar til sertifikati: 5 | 10 | 15 | 20 ball
- 03 Pedagoglar til sertifikati: 3 | 5 | 10 | 15 ball
- 04 Bitiruvchilar bandligi: 5 | 10 | 15 | 20 ball
- 05 Olimpiadalar: ICPC mintaqaviy bosqich — 5 ball | ICPC final — 10 ball | G'olib — 15 ball
*(ICPC finalida yuqori o'rin egallash yoki President Tech Award, AI Xakaton, AI Award tanlovlarida yoki Zulfiya mukofoti g'olibi bo'lish. Ulush 5% dan kam bo'lsa — 0 ball).*
5. YUQORI NATIJAGA ERISHISH UCHUN TAVSIYALAR
1. Talabalarni aileaders.uz'da ro'yxatdan o'tishi va 5 ta Coursera kursini tugatishiga ko'maklashish.
2. AT talabalari va pedagoglarini B2+ til sertifikatiga tayyorlash.
3. AT bitiruvchilarini ixtisosligi bo'yicha ishga joylashtirish.
4. ICPC va AI tanlovlariga jamoalar tayyorlash.
5. Ma'lumotlar haqqoniyligini ta'minlash.
Diqqat! 01 — eng katta ko'rsatkich. 30 ball uchun OTMdagi barcha talabalarning kamida 76 foizi kurslarni tugatishi kerak.
Muddat: Natijalar 2025-yil boshidan har kalendar yil bo'yicha hisoblanadi, g'oliblar keyingi yilning I choragida e'lon qilinadi.
Rasmiy platforma: aileaders.uz
