Xalqaro hamkorlik6-iyul, 2026

SmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi

Bosh sahifaYangiliklarSmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi
SmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi

SmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi  
SmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi
O'zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda YUNESCO, Islom taraqqiyot banki va Maktabgacha hamda maktab ta’limi vazirligi hamkorligida bo‘lajak o‘qituvchilarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan muloqot bo‘lib o‘tdi.  

Ishtirokchilar zamonaviy maktab ehtiyojlariga javob bera oladigan, amaliy ko‘nikma va kasbiy tajribaga ega pedagoglarni tayyorlash uchun yagona yondashuvni shakllantirish, ularni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish masalalarini muhokama qildi.
SmartED: bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning yangi bosqichi
Shuningdek, universitetimizda bo‘lajak pedagoglarni maktab hayotiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qilayotgan  raqamlashtirilgan pedagogik amaliyot platformasi, “bir talaba — bir mentor o‘qituvchi” tamoyili va 4+2 modeli kabi loyihalar SmartED loyihasi doirasida amalga oshirilayotgani eʼtirof etildi.

Tomonlar ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish va o‘qituvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha fikr almashib, vazifalarni belgilab oldi.