Xalqaro hamkorlik13-oktabr, 2026

Universitetimiz vakillari Germaniyada

Bosh sahifaYangiliklarUniversitetimiz vakillari Germaniyada
Universitetimiz vakillari Germaniyada

"Mehrli Maktab" loyihasi doirasida O‘zbekiston gospital maktablari va Nizomiy nomidagi milliy pedagogika universiteti o‘qituvchilari uchun Myunxen Lyudvig-Maksimilian universiteti (LMU), alohida ehtiyojli bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim markazlari va "Schwabing" klinikasi qoshidagi gospital maktabi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislar uzoq muddat davolanayotgan bolalarni o‘qitishni tashkil etish, alohida ta'lim ehtiyojiga ega o‘quvchilar, shu jumladan autizm spektrining buzilishi va xulq-atvor xususiyatlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv muhitni yaratish bo‘yicha Germaniya tajribasini o‘rganishdi. O‘quv jarayonini individuallashtirishga, shuningdek, o‘quvchilarni umumta'lim maktablariga reintegratsiya qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Tashrif gospital pedagogikasining milliy modelini taqdim etish va Germaniyaning zamonaviy ta'lim amaliyotlarini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun imkoniyat bo‘ldi.