
Universitetimiz delegatsiyasi O‘zbekiston–Ozarbayjon II rektorlar forumida ishtirok etdi
Ozarbayjon Respublikasining Xonkendi shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston–Ozarbayjon oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarining II forumida universitetimiz vakillari ham ishtirok etdi. Forum doirasida Ozarbayjonning Boku davlat universiteti, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti, Qorabog‘ universiteti, Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi.
Shuningdek, vakillarimiz Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida ham böldi. Tashrif davomida universitetimiz vakillari maktab faoliyati va oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ayni paytda mazkur maktabning 5 nafar bitiruvchisi universitetimizda grant asosida tahsil olmoqda. Mazkur kelishuvlar universitetimizda qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar akademik mobilligini kengaytirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
