
Aqlli ta’lim muhitlari bo‘yicha 10-xalqaro konferensiya Toshkentda
Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida Aqlli ta’lim muhitlari bo‘yicha 10-xalqaro konferensiya (ICSLE 2026) o‘tkazildi.
“Kelajak ta’lim muhitini loyihalash va rivojlantirish” mavzusiga bag‘ishlangan mazkur nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, ta’lim sohasi ekspertlari va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Xalqaro aqlli ta’lim muhitlari assotsiatsiyasi (IASLE), O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va Global aqlli ta’lim tarmog‘i (GSENet) hamkorligida tashkil etilgan anjumanda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiya qilish, innovatsion pedagogik yondashuvlar, intellektual ta’lim platformalari hamda kelajak ta’lim ekotizimlarini shakllantirishga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.
