Rasmiy yangiliklar22-sentabr, 2026

Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi

Bosh sahifaYangiliklarKompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi
Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi

Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi
 
YUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilan SmartEd loyihasi doirasida pedagogik amaliyotni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lajak o‘qituvchilarni nazariy bilimdan amaliyotga olib o‘tish, ularni real maktab muhitiga samarali tayyorlash va pedagogik amaliyotning mazmunini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

 Tadbir davomida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 4+2 tartibidagi pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi. Model talabaning universitetda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘lash, pedagogik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.

Pedagogik amaliyot boʻyicha xalqaro ekspert Eleyn Sharplin boshchiligida mazkur yo‘nalishdagi mashg‘ulotlar davom etadi. Ularda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti va 12 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasi mutaxassislari, shuningdek, ularga biriktirilgan maktablar o‘qituvchilari ishtirok etadi.

Teglar
#UNESCO