
#Xalqaro_forum
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida koreys tili yangi texnologiyalar asosida o‘qitiladiTadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, shuningdek, Koreya Respublikasining yetakchi ta’lim muassasalari - Cheongju pedagogika universiteti, Koreya ta’lim markazi, Toshkent Buchon universiteti va Visang Education kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Forum davomida pedagogik kadrlar tayyorlash va koreys tilini o‘qitishni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Sessiya doirasida koreys tajribasi asosida iqtidorli bolalar bilan ishlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashildi. Mehmonlar O‘zbekistonda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, universitet bilan hamkorlikdan mamnunligini bildirdiTadbir davomida O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va Koreyaning Visang Education kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatga ko‘ra, tomonlar sun’iy intellekt asosida ta’lim sohasida raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni birgalikda amalga oshiradi, shuningdek, koreys tilini o‘qitishni kengaytiradi. Bundan tashqari, kompaniya universitetga koreys tilini o‘qitishda samarali vosita sifatida o‘zini namoyon etgan "AllviA Connect Learning" platformasini taqdim etdi. Ushbu platforma joriy yildan boshlab universitetning ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, 2027-2029-yillarda boshqa pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ham platformani joriy etish rejalashtirilgan. 2030-yilgacha sun’iy intellekt asosida to‘laqonli ta’lim ekotizimini yaratish, kelgusida esa KOICA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda koreys va boshqa xorijiy tillarni o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro forum Koreya va O‘zbekiston ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirish, ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda universitet delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif buyurgan ([https://t.me/NPU_UZ/20882 ](https://t.me/NPU_UZ/20882 )), Dankuk universiteti va boshqa bir qator oliy o'quv yurtlari bilan kelishuvlarga erishildi. Bitimlar doirasida talabalar almashinuvi dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish ko‘zda tutilgan. o‘qitishda samarali vosita sifatida o‘zini namoyon etgan "AllviA Connect Learning" platformasini taqdim etdi. Ushbu platforma joriy yildan boshlab universitetning ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Shuningdek, 2027-2029-yillarda boshqa pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ham platformani joriy etish rejalashtirilgan. 2030-yilgacha sun’iy intellekt asosida to‘laqonli ta’lim ekotizimini yaratish, kelgusida esa KOICA kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda koreys va boshqa xorijiy tillarni o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirish rejalashtirilgan.
Ushbu xalqaro forum Koreya va O‘zbekiston ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirish, ilmiy-madaniy hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yaqinda universitet delegatsiyasi Koreya Respublikasiga tashrif buyurgan ([https://t.me/NPU_UZ/20882 ](https://t.me/NPU_UZ/20882 )), Dankuk universiteti va boshqa bir qator oliy o'quv yurtlari bilan kelishuvlarga erishildi. Bitimlar doirasida talabalar almashinuvi dasturlari, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Teglar
#Koreya#Rektor#Forum#Raqamlashtirish#Hamkorlik
