Rasmiy yangiliklar25-fevral, 2026

Xavfsiz ta'lim muhiti va kasbiy etikani mustahkamlash

Bosh sahifaYangiliklarXavfsiz ta'lim muhiti va kasbiy etikani mustahkamlash
Xavfsiz ta'lim muhiti va kasbiy etikani mustahkamlash
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining Nizomiy nomidagi fakultetida erkak o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida "Xavfsiz ta’lim muhiti va kasbiy odob-axloq hamda kasbiy chegaralarni mustahkamlash" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ✅ Tadbir davomida ta’lim jarayonida xavfsizlik va o‘zaro hurmat tamoyillariga rioya etish, o‘qituvchining mas’uliyati, "o‘qituvchi - talaba" munosabatlaridagi kasbiy chegaralar, rasmiy muloqot doirasi, shuningdek, shaxsiy aloqalarga yo‘l qo‘yilmasligi masalalari har tomonlama muhokama qilindi. 📃 Shuningdek, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashishga qaratilgan profilaktika mexanizmlari, anonim murojaatlar tizimi, ichki monitoring jarayonlari va huquqiy javobgarlik masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.