
Sog‘lom psixologik muhit - sifatli ta’lim garovi
2025-yil 17-martdagi tegishli buyruqning 2-ilovasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasasi, fan va innovatsiyalaryazirligi, O'zbekiston milliy pedigogika universiteti umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish va metodik hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Bugun Amaliy psixologiya kafedrasiga biriktirilgan Olmazor tumanidagi 315-umumta’lim maktabida "Sog‘lom psixologik muhit - sifatli ta’lim garovi" mavzusida profilaktik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida o‘quvchilar bilan zo‘ravonlikning oldini olish, bezorilik va kiberbullyingga qarshi kurashish, nizoli vaziyatlarni konstruktiv hal etish, shuningdek, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini shakllantirish masalalari bo‘yicha psixologik treninglar va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu tashabbus ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni mustahkamlashga, o‘quvchilarning shaxsiy xavfsizligi va hissiy barqarorligini ta’minlashga, shuningdek, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Teglar
#Psixologiya#Trening#Hamkorlik
