
#Yaxshi xabar
Talabamiz kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Navoiy shahrida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining Nizomiy nomidagi maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti "Jismoniy tarbiya" yo‘nalishi 2-kurs talabasi Og‘abek Majitov 73 kg vazn toifasida faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Ushbu natija universitetimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi. G‘olibimizni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz va bo‘lajak musobaqalarda unga yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Teglar
#Kurash
