Rasmiy yangiliklar22-fevral, 2026

Universitetda «Ochiq eshiklar kuni» o'tkazildi

Bosh sahifaYangiliklarUniversitetda «Ochiq eshiklar kuni» o'tkazildi
Universitetda «Ochiq eshiklar kuni» o'tkazildi
Universitetda "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi Bugungi maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalari bilan tanishuvi ularning kasbiy kamolotida muhim o‘rin tutadi. Bugun O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida tashkil etilgan "Ochiq eshiklar kuni" haqida ham shunday deyish mumkin. Tadbirda Toshkent shahridagi 191-maktabning 11-"A" va 11-"B" sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbirni universitetning yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori V.Radjapov ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va zamonaviy ta’lim standartlari haqida batafsil so‘z yuritdi.Harbiy ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, psixologiya va defektologiya kabi yo‘nalishlarga alohida qiziqish bildirildi. Maktab o‘quvchilarida yangi qarash va o‘qituvchi kasbiga qiziqish shakllandioni, ta’lim yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Harbiy ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, psixologiya va defektologiya kabi yo‘nalishlarga alohida qiziqish bildirildi. Maktab o‘quvchilarida yangi qarash va o‘qituvchi kasbiga qiziqish shakllandi. Ushbu "Ochiq eshiklar kuni" maktab va oliy ta’lim o‘rtasidagi integratsiyaning amaliy ifodasiga aylandi, bitiruvchilar bilan jonli muloqot esa yoshlarning pedagogik kasb haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi.
Teglar
#Psixologiya#Rektor#Yoshlar#Ochiq eshiklar kuni#Hamkorlik