Rasmiy yangiliklar16-fevral, 2026

Milliy pedagogika universitetida yangi rektor taqdim etildi

Bosh sahifaYangiliklarMilliy pedagogika universitetida yangi rektor taqdim etildi
Milliy pedagogika universitetida yangi rektor taqdim etildi
O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida yangi rektor tanishtirildi Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Ezoza Karimova rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida universitet jamoasiga davlatimiz rahbari qarori bilan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori va maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan Xilola Umarova tanishtirildi. Vazir Ezoza Karimova o‘z nutqida universitetning o‘quv jarayonini raqamlashtirish, ilmiy salohiyatini oshirish va xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha oldinda turgan vazifalarga to‘xtaldi. Bundan tashqari, unga mamlakat ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Rektor Xilola Umarova bugungi kunda mamlakat ta’lim tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab, universitet jamoasi bilan birgalikda qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligiga ishonch bildirdi. Yig‘ilish yakunida mas’ul shaxslarga bildirilgan masalalarni amalga oshirish uchun zarur tavsiyalar berildi.
Teglar
#Rektor#Raqamlashtirish