Tadbirlar17-fevral, 2026

Ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda

Bosh sahifaYangiliklarTa'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda
Ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda
Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda Umumta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish, pedagog kadrlar salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetining boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasida o'quv mashg'ulotlarini samarali tashkil etish bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish maqsadida Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti Olmazor tumanidagi 191-umumta'lim maktabida amaliy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalar va o‘qituvchilar uchun mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan edi. Shuningdek, o'rta maktab o'quvchilari o'rtasida "Zakovat"intellektual o'yini tashkil etildi. Unda 10-11-sinf o'quvchilari o'z bilimlari va intellektual salohiyatini namoyish etib, faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar kafedra tomonidan esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Teglar
#Mukofotlash