Rasmiy yangiliklar18-aprel, 2026

Universitet institutsional akkreditatsiyadan o'tmoqda

Bosh sahifaYangiliklarUniversitet institutsional akkreditatsiyadan o'tmoqda
Universitet institutsional akkreditatsiyadan o'tmoqda
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti QAA (Buyuk Britaniya) xalqaro agentligi tomonidan o‘tkazilgan institutsional akkreditatsiyaning ikkinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan jarayon davomida universitet har tomonlama o‘rganildi va ta’lim sifati, o‘quv jarayoni, infratuzilma, shuningdek, akademik va talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlari bo‘yicha 158 turdagi ma’lumotlar to‘plandi. **Ma’lumot uchun****: **Yaqinda ingliz va nemis tillari bo‘yicha bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari nufuzli nemis tashkiloti **ACQUIN ** tomonidan 6 yil muddatga akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bundan tashqari, Germaniyaning yana bir xalqaro akkreditatsiya agentligi - **ASIIN** - tomonidan 2030-yil 30-sentabrgacha kimyo va biologiya bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, ushbu fanlar bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Teglar
#Akkreditatsiya#QAA#ACQUIN