Ta'lim15-fevral, 2026

Hamkorlik

Hamkorlik
# Hamkorlik O'zbekiston milliy pedagogika universiteti maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti va Olmazor tumanidagi 201-sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi Olmazor tumanidagi 201-sonli tayanch davlat maktabgachacha ta'lim tashkiloti o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi. Ushbu hujjat doirasida quyidagi ustuvor vazifalar belgilangan: ⏺ maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish; ⏺ pedagog kadrlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish; ⏺ oliy va maktabgacha ta’lim tizimi o‘rtasida uzluksizlik va integratsiyani ta’minlash. Memorandum doirasida "Zamonaviy maktabgacha ta’lim: STEAM-texnologiyalar, ta’lim faoliyati va oila bilan hamkorlikni integratsiyalash" mavzusida seminar-trening tashkil etildi, uning davomida sohaning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, STEAM texnologiyalaridan samarali foydalanish, shuningdek, tarbiyalanuvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha amaliy tajriba almashildi.
Teglar
#Trening#Hamkorlik