
Unutilmas va hayajonli bitiruv oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Bitiruv oqshomi nafaqat talabalik davrining yakuni, balki yangi mas’uliyat, yangi marralar va ulkan orzular sari boshlanayotgan yo‘lning ramziga aylandi.
Universitetimiz bugungi kunda 18 mingdan ortiq talabani birlashtirib, kelajak avlod tarbiyachilari va pedagoglarini tayyorlab kelmoqda.
Hozirda universitetimizni 5 723 nafar bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Shundan 62 nafar bitiruvchi imtiyozli diplom sohibiga aylandi.
Aziz bitiruvchilar! Sizlar tanlagan sharafli pedagoglik yo‘li bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va kelajak avlod taqdiriga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz.
