Rasmiy yangiliklar22-mart, 2026

Transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish yig'ilishi bo'lib o'tdi

Bosh sahifaYangiliklarTransformatsiya jarayonlarini tahlil qilish yig'ilishi bo'lib o'tdi
Transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish yig'ilishi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti rektori Nizomiy Xilola Umarova rahbarligida pedagogik oliy ta’lim muassasalarida transformatsiya jarayonlarini tahlil qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Kengaytirilgan yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama qilindi: ➡️ Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida transformatsiya jarayonlari uchun belgilangan aniq rejalar va ustuvor vazifalar. ➡️ Aniq fanlar oliy maktabi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavjud fakultetni dastlabki o‘rganish va tahlil qilish. ➡️ Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan transformatsiya bo‘limining tarkibi (akademik yo‘nalish, ma’muriy yo‘nalish, IT & LMS bo‘yicha mutaxassislar) va uning faoliyatini tizimlashtirish. ➡️ Transformatsiya bo‘limlarining NMPU transformatsiyasi bilan hamkorligi samaradorligi va taqdim etilgan materiallarni o‘rganish natijalari kabi muhim masalalar muhokama qilindi. ✅ Yig‘ilish yakunida Xilola Umarova transformatsiya jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini kiritdi.Prezidentning PF-73-sonli farmoni.
Teglar
#Rektor#Raqamlashtirish#Hamkorlik