
#Payshanba_yoshlar_kuni
Rektor yoshlar bilan uchrashdi
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" deb e’lon qilindi, bu mamlakatimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan e’tiborning amaliy ifodasidir. Mazkur tashabbus doirasida O'zbekiston milliy pedagogika universitetida "Rektor va yoshlar"uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida rektor Hilola Umarova talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.
🔹 Uchrashuv davomida talabalar tomonidan bir qator takliflar ilgari surildi, xususan:
⏺ iqtidorli talabalarni moddiy rag‘batlantirish ko‘lamini kengaytirish;
⏺ "Startaplar klubi"ni ishga tushirish;
⏺ universitetda Loyihalar ofisini tashkil etish;
⏺ xorijiy tillarni mukammal biladigan stipendiya sohiblari va talabalar ishtirokida treninglar o‘tkazish.
🔹 Shuningdek, bildirilgan takliflar asosida o‘quv-amaliy sayohatlar tashkil etish imkoniyati haqida ham ma’lumot berildi. Ovozga qo‘yilgan har bir taklif bo‘yicha amaliy yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
🔹 Shubhasiz, "Yoshlar kuni" doirasida o‘tkazilayotgan bunday uchrashuvlar ta’lim muassasalarida ochiqlik, muloqot va hamkorlik muhitini mustahkamlashga, shuningdek, pedagogik ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.
Teglar
#Trening#Rektor#Yoshlar#Hamkorlik
