Rasmiy yangiliklar28-iyul, 2026

Prezident universitetning Yangi Toshkentda barpo etilayotgan kampusini ko‘zdan kechirdi

Bosh sahifaYangiliklarPrezident universitetning Yangi Toshkentda barpo etilayotgan kampusini ko‘zdan kechirdi
Prezident universitetning Yangi Toshkentda barpo etilayotgan kampusini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanish chog‘ida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining Yangi Toshkentda barpo etilayotgan kampusini ko‘zdan kechirdi.
Prezident universitetning Yangi Toshkentda barpo etilayotgan kampusini ko‘zdan kechirdi

Majmua Yangi Toshkent qurilishining birinchi bosqichi doirasida bunyod etilmoqda. Ayni paytda rektorat va ayrim fakultetlar binolarida yakuniy qurilish va pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari binolarning ichki makonlari, o‘quv va ma’muriy xonalarning joylashuvi, muhandislik tarmoqlari hamda hududni obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Mutasaddilar qurilishning borishi, binolarni jihozlash va kampusni foydalanishga tayyorlash choralari haqida axborot berdi.

Yangi kampus tarkibida o‘quv binolari, ilmiy laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, talabalar turar joylari, sport va madaniyat inshootlari bo‘ladi. Bu yerda ta’lim, ilmiy tadqiqot va talabalar hayotini bir makonda uyg‘unlashtirgan yaxlit muhit yaratiladi.

Universitetda xalqaro ta’lim standartlarini bosqichma-bosqich joriy etish, boshqaruv tizimini «Yangi O‘zbekiston» universiteti tajribasi asosida transformatsiya qilish rejalashtirilgan. O‘quv jarayonlarini zamonaviy raqamli platformalar orqali boshqarish ko‘zda tutilgan.

Manbaa: https://president.uz/oz/lists/view/9457