Rasmiy yangiliklar21-avgust, 2026

BUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI?

Bosh sahifaYangiliklarBUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI?
BUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI?

BUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI?

💻Nufuzli Chevening xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda!
Chevening — Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan global stipendiya dasturi bo‘lib, kuchli yetakchilik salohiyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida, istalgan yo‘nalish bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini beradi

🔺Ariza topshirish muddati:
2026-yil 4-avgustdan 6-oktabrgacha

🔻Kimlar ariza topshirishi mumkin?
🔺O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
🔺 bakalavr darajasiga ega nomzodlar;
🔺bakalavrni tugatgandan so‘ng kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar;
🔺 yetakchilik salohiyatiga ega hamda o‘z sohasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlarga ega nomzodlar.


🔸Stipendiya quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi:
🔸aviachipta;
🔸universitetda o‘qish (kontrakt) to‘lovi;
🔸oylik yashash stipendiyasi;
🔸viza to‘lovlari va boshqa zarur xarajatlar.

🔸Ariza topshirish jarayonida nomzodlar 3 ta magistratura dasturini tanlaydi, yozma esse topshiradi va keyingi bosqichda suhbatdan o‘tadi.

🔺 Xalqaro ta’lim, yangi imkoniyatlar va kelajakdagi yetakchilik sari navbatdagi qadamingizni Chevening bilan boshlang!
Ariza topshirish uchun havola