Fan va innovatsiyalar22-mart, 2026

Rasmiy bayonot

Rasmiy bayonot
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlar va axborot platformalarida O‘zbekistondagi Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universitetida "ixtiyoriy-majburiy homiylik" amaliyoti joriy etilgani haqidagi turli talqinlarda ma’lumotlar tarqalmoqda. Universitet matbuot xizmati ushbu masala yuzasidan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Avvalo, ta’kidlash joizki, keng tarqalgan ayrim ma’lumotlar haqiqatni to‘liq aks ettirmaydi va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilishga olib kelishi mumkin.Butun dunyoda e’tirof etilgan QS, Times Higher Education, Best Global Universities, Academic Ranking of World Universities kabi nufuzli xalqaro reyting tizimlari ushbu omillarni oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishning strategik ko‘rsatkichlari sifatida e’tirof etadi. Avvalo, ta’kidlash joizki, ba’zi keng tarqalgan ma’lumotlar voqelikni to‘liq aks ettirmaydi va universitetda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilishga olib kelishi mumkin.Ushbu ko‘rsatkichning mazmuni mablag‘ yig‘ish yoki professor-o‘qituvchilardan moliyaviy to‘lovlar talab qilish bilan bog‘liq emas. Bu, eng avvalo, xalqaro ilmiy hamkorlik orqali har bir professor-o‘qituvchining o‘z ilmiy faoliyatiga xorijiy resurslar yoki investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan rag‘batlantirish mexanizmidir. Bunday akademik va moliyaviy resurslar huquqiy va xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: xorijiy universitetlar tomonidan taqdim etiladigan ilmiy adabiyotlar, darsliklar va elektron o‘quv resurslari; xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va ilmiy forumlarda ishtirok etish uchun xorijiy hamkor tashkilot tomonidan qoplanadigan xizmat safari xarajatlari; xorijiy universitetlar yoki ilmiy markazlar tomonidan tashkil etilgan malaka oshirish kurslari, stajirovkalar va o‘quv dasturlari; xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida xorijiy hamkorlar tomonidan ajratiladigan grant mablag‘lari yoki ilmiy resurslar; qisqa muddatli akademik almashinuv, amaliyot dasturlari yoki tadqiqotchilarni xorijiy universitetlarga taklif etish; Erasmus+, DAAD, Britaniya Kengashi, KOICA, JICA va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ta’lim va ilmiy loyihalar. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilarni xalqaro ilmiy hamjamiyatga yanada faol jalb etish, ularning grant arizalarini yozish va xalqaro loyihalarda ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, universitetning xalqaro nufuzi va ilmiy salohiyatini izchil oshirishdan iborat. Universitet ma’muriyati professor-o‘qituvchilarning xalqaro hamkorligini rivojlantirish, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan barqaror akademik aloqalar o‘rnatish, shuningdek, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan barcha tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, jamoatchilikka xolis va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishga doimo tayyorligini bildiradi. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti matbuot xizmatiitetning xalqaro nufuzi va ilmiy salohiyatini izchil oshirishdan iborat. Universitet ma’muriyati professor-o‘qituvchilarning xalqaro hamkorligini rivojlantirish, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan barqaror akademik aloqalar o‘rnatish, shuningdek, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan barcha tashabbuslarni izchil davom ettirmoqda. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan holda, jamoatchilikka xolis va ishonchli ma’lumotlarni taqdim etishga doimo tayyorligini bildiradi. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti matbuot xizmati
Teglar
#Konferensiya#Forum#Hamkorlik