
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlanib, ta’lim muassasasida ushbu sohada amaldagi qonunchilikni amalga oshirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, universitetda joriy etilgan Vaziyat markazining videokuzatuv tizimi yordamida barcha jarayonlar onlayn nazorat ostida ekani, bu shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Tadbirda pedagog xodimlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishi, ularning sha’ni va qadr-qimmati davlat tomonidan kafolatlanishi, har qanday noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi. Shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
Ushbu tadbir nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan tizimli ishlarning mohiyatini keng yoritibgina qolmay, balki ta'lim muassasasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, xizmat intizomini mustahkamlash va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish bo'yicha ustuvor vazifalarni ham belgilab berdi. Shuningdek, bu ishtirokchilarning huquqiy ongi va javobgarligini oshirishga yordam berdi.
Teglar
#Antikorrupsiya
Biriktirilgan fayllar
