Ta'lim21-iyun, 2026

Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida yangi bosqich!

Bosh sahifaYangiliklarIngliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida yangi bosqich!
Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimida yangi bosqich!
Milliy forum doirasida Britaniya Kengashining “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish” (AELLCA) dasturi asosida ishlab chiqilgan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashga ixtisoslashgan yangi milliy ta’lim dasturi — PRESETT taqdim etildi. Shuningdek, mazkur dasturni respublika pedagogika oliy ta’lim muassasalarida joriy etish bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi. Forumda 60 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etayotgan boʻlib, ularga dastur boʻyicha seminarlar oʻtkazilmoqda.