
Talabalarimiz Xitoydagi nufuzli universitetning yozgi maktab dasturida ishtirok etdi
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari dunyo reytingida 131-o'rinda turuvchi (https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/harbin-institute-technology) Harbin texnologiya institutida tashkil etilgan xalqaro yozgi maktab dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Dastur davomida talabalar zamonaviy ilmiy va ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ma'ruza hamda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan tajriba almashish va xalqaro akademik muhitda bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur ishtirok talabalarning global kompetensiyalarini shakllantirish hamda xalqaro akademik mobillikni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
