Sport30-mart, 2026

Talabalarimiz xalqaro maydonda yangi yutuqlarga erishmoqda

Bosh sahifaYangiliklarTalabalarimiz xalqaro maydonda yangi yutuqlarga erishmoqda
Talabalarimiz xalqaro maydonda yangi yutuqlarga erishmoqda
Aniq fanlar oliy maktabi talabalari xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, faxrli g‘alabalarga erishdilar. Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan "OMOUS-2026" VI ochiq xalqaro matematika olimpiadasida uch nafar talabamiz — Ozodbek Olimov (4 — kurs), Fotima Xayitova (1-kurs) va Izzatbek Ahmedov (1-kurs magistranti) bronza medallari bilan taqdirlandi. Ushbu olimpiadada Germaniya, Gretsiya, Vengriya, BAA, Niderlandiya va Eron kabi davlatlardan 600 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Shuningdek, akademik Ye.A. Buketov nomidagi Qarag‘anda milliy tadqiqot universitetida (Qozog‘iston) bo‘lib o‘tgan IX Xalqaro ilmiy ishlar va ijodiy loyihalar tanlovida 3-kurs talabasi Nozimaxon Karimova 1-o‘rinni egalladi. Talabalarni ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz!
Teglar
#Olimpiada#Mukofotlash