
Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori va "amaliy psixologiya"kafedrasi stajyor-o'qituvchilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida professor-o'qituvchilarimiz 10-24 mart kunlari Trento universitetida (Italiya) tashkil etilgan malaka oshirish dasturida ishtirok etib, ushbu nufuzli oliy o'quv yurtining doktoranturasiga (PhD) muvaffaqiyatli kirgani alohida ta'kidlandi.
Trento universiteti Yevropaning yetakchi ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, unda ta’lim olish o‘qituvchilarimizning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, xalqaro ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etish imkonini yaratadi.
Teglar
#Psixologiya#Italiya#Rektor
