Rasmiy yangiliklar2-aprel, 2026

Ta'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tdi

Bosh sahifaYangiliklarTa'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tdi
Ta'lim dasturlarimiz xalqaro akkreditatsiyadan o'tdi
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining ta’lim dasturlari Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti tomonidan olti yil muddatga to‘liq akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Ta’lim dasturlari: Bakalavriat: - Chet tili va adabiyoti (nemis tili) - Chet tili va adabiyoti (ingliz tili) Magistratura: - Chet tili va adabiyoti (ingliz tili) Ushbu ta’lim dasturlari xalqaro mutaxassislar tomonidan kompleks ekspertizadan o‘tkazildi. Dasturlar mazmuni, o‘qitish metodikasi, o‘quv-uslubiy ta’minoti, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiqligi yuqori baholandi. Ushbu yutuq talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, professor-o‘qituvchilar uchun esa yangi marralarga erishish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanadi.
Teglar
#Akkreditatsiya#ACQUIN