
Universitetimizning 2-kurs talabasi Feruza Husanboyeva Qozog'istonning Shymkent shahrida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida o'zbek jang san'ati bo'yicha 52 kg vazn toifasida 1-o'rinni egalladi.
Xalqaro jang san’atlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada 17 mamlakatdan kelgan eng kuchli sportchilar bir nechta yo‘nalishlarda bellashdilar.
Talabamizga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat va yangi g‘alabalar tilaymiz.
Teglar
#Olimpiada
