
Universitetimiz barqaror rivojlanish yechimlari tarmogʻi (UN SDSN) tomonidan rasmiy a’zolikka qabul qilindi
UN SDSN (United Nations Sustainable Development Solutions Network), BMT Bosh kotibi tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan global tarmoq boʻlib, dunyo boʻylab 1000 dan ortiq universitetlar, tadqiqot markazlari va ilmiy muassasalarni birlashtiradi.
Tarmoqning asosiy maqsadi, BMTning barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilmiy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.
SDSN a’zoligi universitetimizga qator strategik imkoniyatlar yaratadi:
🔹BMT tizimidagi global ilmiy tarmoqqa toʻliq kirish imkoniyati;
🔹SustainChain platformasi orqali barqaror rivojlanish sohasidagi mutaxassislar bilan aloqa oʻrnatish;
🔹Xalqaro hamkorlik, grant va moliyalashtirish imkoniyatlariga ustuvor kirish;
🔹Qoʻshma tadqiqotlar, yechimlar tashabbuslari va siyosat ishlanmalarida ishtirok etish;
🔹SDSN a’zolari xaritasida universitetimizning xalqaro koʻrinishini oshirish;
🔹Mintaqaviy SDSN jamoalari bilan hamkorlik va tajriba almashish;
🔹QS va THE xalqaro reytinglarida barqarorlik yoʻnalishini mustahkamlash.
Mazkur yutuq universitetimizning barqaror rivojlanish va xalqaro ilmiy hamkorlik sohasidagi tizimli va maqsadli faoliyatining xalqaro miqyosda tan olinishidan dalolat beradi.
