
#Xalqaro_hamkorlik
O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va Tojikiston Respublikasi Nosir Xisrav nomidagi Boxtar davlat universiteti hamkorlik qilmoqda.
Onlayn muzokaralar davomida ikki universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorlari I. Fathulloev va D. Xolmurodova oliy ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va hamkorlik memorandumini imzoladilar.
Xususan, talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va treninglar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar doirasida tajriba almashish, shuningdek, ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini va xalqaro tajribani joriy etishga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
Teglar
#Konferensiya#Trening#Rektor#Hamkorlik
