
**Ikki buyuk shaxs - ikki qadriyat**
O'zbekiston milliy pedagogika universitetida Sulton Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi va Shoh va shoir Zohiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligiga bag'ishlangan "ajdodlar ruhi abadiydir" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, adabiyotshunos olimlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar o‘z ma’ruzalarida Navoiy va Bobur g‘oyaviy-badiiy merosining keng qamrovliligini ta’kidlab, ularning ijodi nafaqat o‘zbek adabiyotining cho‘qqisi, balki jahon intellektual madaniyatiga qo‘shilgan muhim hissa ekanligini alohida qayd etdilar.
Talabalarning Alisher Navoiy obrazi va Zahiriddin Muhammad Bobur monologlarini aks ettirgan sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarda alohida qiziqish uyg‘otdi. Tadbirning yorqin bezagi shoir g‘azallari asosida jonli musiqa va vokal ijrolari bo‘ldi. Bundan tashqari, universitet kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan noyob qo‘lyozmalar va yaqinda nashr etilgan asarlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Navoiy va Bobur hayoti va ijodini o‘rganar ekanmiz, ular o‘z hayotini xalqqa xizmat qilishga bag‘ishlab, bunyodkorlik va ijodiy mehnatning shaxsiy namunasini ko‘rsatganliklarini chuqurroq anglaymiz. Ular barcha asarlarida ana shu yuksak g‘oyalarni targ‘ib etganlar. Biz talabalarimizga buyuk Navoiyning insonparvarlik g‘oyalari va Bobur Mirzoning qat’iy irodasidan o‘rnak olishlarini istaymiz. Bunday tadbirlar buyuk ajdodlarimizning tarixi, merosi va ma’naviy qadriyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
