Bosh sahifaVakansiyalarTyutorNizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayoni
TyutorNizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayoni
Bosh sahifaVakansiyalarTyutorNizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayoni
Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qo‘yiladi:
oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);
qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy uslubiyati hamda amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lishi;
mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.
Izoh: Universitetda hozirgi kunda tyutorlik bo‘sh ish o‘rni mavjud emas.
