Tyutor

1 Vakansiya

Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida” 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandiga muvofiq tyutorlarni ishga qabul qilish jarayonida quyidagi malaka talablari qo‘yiladi: oliy ma’lumotga (bakalavr) ega bo‘lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi); qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi; ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy uslubiyati hamda amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo‘lishi; namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo‘lishi; mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. Ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi. Izoh: Universitetda hozirgi kunda tyutorlik bo‘sh ish o‘rni mavjud emas.