
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi oliy ta’lim muassasalaridan birida talabalarning kiyiniş madaniyati va belgilangan tartib-qoidalarga rioya etişi bilan boğliq xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlarda keltirilgan holatlarning haqqoniyligini aniqlaş, şuningdek, ularning Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti faoliyatiga aloqadorligini oydinlaştiriş yuzasidan tegişli örganiş işlari olib borilmoqda.
Universitetda talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, özaro hurmat, tenglik hamda kamsitişlarga yöl qöymaslik tamoyillariga asoslangan soğlom ta’lim muhitini şakllantirişga alohida e’tibor qaratiladi.
Talabalarning kiyiniş madaniyati, içki tartib-qoidalarga rioya etişi va ta’lim muassasasidagi odob-axloq me’yorlari bilan boğliq masalalar amaldagi qonunçilik talablari hamda har bir talabaning şaxsiy qaraşlari va e’tiqodiga hurmat tamoyillari asosida körib çiqiladi.
Nizomiy nomidagi Özbekiston milliy pedagogika universiteti har bir talabaning şa’ni, qadr-qimmati, vijdon erkinligi va qonunçilikda kafolatlangan huquqlarini hurmat qiladi hamda millati, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, barça talabalar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş tamoyiliga qat’iy amal qiladi.
