Boş sahifaE'lonlarTalabalar va yoşlar diqqatiga! «Eng yaxşi kreativ ğoya» startap tanlovi e'lon qilinadi.

Talabalar va yoşlar diqqatiga! «Eng yaxşi kreativ ğoya» startap tanlovi e'lon qilinadi.

15-aprel, 2026Toşkent ş., Çilonzor tumani, Bunyodkor köçasi, 27-uy, 100185
Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan oliy ta'lim muassasalari talabalari örtasida «Eng yaxşi kreativ ğoya» respublika startap tanlovi ötkaziladi. 🔹 Tanlovda bakalavriatura va magistratura talabalari iştirok etişi mumkin. 🔹 Avval oliy ta'lim muassasasi darajasida içki tanlov ötkaziladi. 🔹 Eng yaxşi 3 ta ğoya respublika bosqiçiga tavsiya etiladi. 🔹 Ğolib loyihalar moliyaviy qöllab-quvvatlanadi. 📅 Içki tanlov natijalari joriy yilning 15 aprelgaça çiqariladi. 💡 Agar sizda innovatsion startap, kreativ yeçim yoki jamiyat rivojlanişiga xizmat qiladigan ğoya bölsa — bu imkoniyatni boy bermang!