Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra belgilangan o‘tish bali va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarga 2026-yil 7-sentyabrdan boshlab aloqa xati beriladi. Boshlanish sanasi: 2026-yil 7-sentyabr Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani…
Universitetimizda 2026/2027 o'quv yili uchun magistratura hamda bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning akademik hamda ijtimoiy faollik ko'rsatkichlaridan kelib chiqib, grant miqdorlari qayta taqsimlandi. Talabalar quyidagi havolalar orqali o'z bali va grant miqdorini…
BUYUK BRITANIYADA MAGISTRATURADA TA’LIM OLISHNI ISTAYSIZMI? 💻Nufuzli Chevening xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda! Chevening — Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan global stipendiya dasturi bo‘lib, kuchli yetakchilik salohiyatiga ega nomzodlarga Buyuk Britaniyaning istalgan universitetida, istalgan yo‘nalish bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatini beradi 🔺Ariza topshirish muddati: 2026-yil 4-avgustdan 6-oktabrgacha 🔻Kimlar ariza topshirishi mumkin? 🔺O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; 🔺 bakalavr darajasiga ega nomzodlar; 🔺bakalavrni tugatgandan so‘ng kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lganlar; 🔺 yetakchilik salohiyatiga ega hamda o‘z sohasida O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadlarga ega nomzodlar. 🔸Stipendiya quyidagi xarajatlarni to‘liq qoplaydi: 🔸aviachipta; 🔸universitetda o‘qish (kontrakt) to‘lovi; 🔸oylik yashash stipendiyasi; 🔸viza to‘lovlari va boshqa zarur xarajatlar. 🔸Ariza topshirish jarayonida nomzodlar 3 ta magistratura dasturini tanlaydi, yozma esse topshiradi va keyingi bosqichda suhbatdan o‘tadi. 🔺 Xalqaro ta’lim, yangi imkoniyatlar va kelajakdagi yetakchilik sari navbatdagi qadamingizni Chevening bilan boshlang!Ariza topshirish uchun havola (https://www.chevening.org/apply/?utm_source=chatgpt.com)
#Qabul2026 Qo‘shma ta'limga qabul: Ikki davlat diplomiga ega bo‘ling! Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti, Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti Innovatsion pedagogika qo‘shma ta'lim oliy maktabi quyidagi yo‘nalishlarga qabul e'lon qiladi. Kunduzgi ta’lim: - Psixologiya - Maktabgacha ta’lim -Boshlang‘ich ta’lim - Rus tili va adabiyoti - Maxsus pedagogika (Logopediya). Magistratura: - Inklyuziv ta’lim - Psixologiya - Biologiya - Ta’lim menejmenti - Maktabgacha ta’lim - Boshlang‘ich ta’lim - Rus tili va adabiyoti. Ta'lim dasturi 4 yil davom etadi. Talabalar 3 o'quv yili O‘zbekistonda, 1 o'quv yili esa hamkor davlatda tahsil oladi. 🇺🇿🇷🇺🇧🇾 Bitiruvchilarga O‘zbekiston va hamkor davlat oliygohi diplomi beriladi. 👉 Ariza topshirish (https://qabul.npuu.uz/s/ah9wfd8) Kelajakni kutish emas, uni yaratish vaqti keldi. 📞Batafsil ma'lumot uchun: +998 (95) 186-08-29 +998 (95) 144-00-95 +998 (71) 276-83-32
Hurmatli abituriyentlar! Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetiga 2026/2027-oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarni oʻtkazish jadvali hamda manzillari tasdiqlandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 2026-yil 10–15-iyul kunlari belgilangan jadval asosida oʻtkaziladi. Imtihonlarning oʻtkazilish vaqti, yoʻnalishlar kesimidagi jadval hamda boshqa muhim maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: havola (https://docs.google.com/document/d/1Ja_Qk-vywI3piYIe4TyknOdnnUXPxz_fxVvkBZ1l9js/edit?usp=sharing) (ustiga bosing). Quyida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan manzillar keltirilgan. 🔹Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Dizayn: interyer dizayni (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Musiqa ta’limi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi 27-uy (https://goo.gl/maps/MxdCaHR2UbFJDUML8)) 🔹Jismoniy madaniyat (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Lashkarlar koʻchasi, Mudofaa vazirligi sport majmuasi (https://goo.gl/maps/dodUf3Np35Q46vwH7)) 🔹Chaqiriqqacha harbiy ta’lim (Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Lashkarlar koʻchasi, Mudofaa vazirligi sport majmuasi (https://goo.gl/maps/dodUf3Np35Q46vwH7)) ☎️ Batafsil ma'lumot uchun telefon raqami: +998-71-202-44-21 ❗️Eslatib o'tamiz, abituriyentlar imtihon boshlanishidan kamida 1 soat avval shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan hududga yetib kelishlari lozim. Ruxsatnoma https://my.uzbmb.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olinadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida «Eng yaxshi kreativ g'oya» respublika startap tanlovi o'tkaziladi. 🔹 Tanlovda bakalavriatura va magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. 🔹 Avval oliy ta'lim muassasasi darajasida ichki tanlov o'tkaziladi. 🔹 Eng yaxshi 3 ta g'oya respublika bosqichiga tavsiya etiladi. 🔹 G'olib loyihalar moliyaviy qo'llab-quvvatlanadi. 📅 Ichki tanlov natijalari joriy yilning 15 aprelgacha chiqariladi. 💡 Agar sizda innovatsion startap, kreativ yechim yoki jamiyat rivojlanishiga xizmat qiladigan g'oya bo'lsa — bu imkoniyatni boy bermang!
O'zbekiston Milliy pedagogika universitetida fevral oyida o'tkaziladigan malaka va maxsus imtihonlar joriy yilning 17-21 fevral kunlari o'tkaziladi. 🖊 Tegishli mutaxassislik va maxsus fan bo'yicha imtihon jadvali hamda ariza beruvchilarning imtihonda qatnashish vaqti haqida batafsil ma'lumotni Telegram'dagi «Malaka va maxsus imtihon – 2026» guruhidan olish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-sonli qaroriga muvofiq «OLTIN ZAXIRA» tanlovining ikkinchi bosqichi 15-dekabrda o'tkaziladi.
✅ Tanlov quyidagi tartibda o'tkaziladi: ✅ Tanlovning birinchi bosqichi 2024-yil 15-noyabrda o'tkaziladi. ✅ G'oliblar universitet konferentsiya zalida 9-dekabr — Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali tadbirda mukofotlanadi. 🥇 Rasm tanlovi g'oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
✅ «Ulug'bek» iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash fondi 3-kurs talabalariga «Data Science» yo'nalishida masofaviy ta'lim tashkil etmoqda. ✅ 2025-yil 1-apreldan boshlab 2-bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar onlayn ariza topshirishlari mumkin. ☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99897-575-77-43
O'zbekiston Milliy pedagogika universitetida 2025/2026 o'quv yiliga qabul uchun 8-iyulda o'tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi. 💻 Imtihon natijalarini universitetning rasmiy sayti orqali ko'rishingiz mumkin.