DSC
Maxsus pedagogika
Mutaxassislik shifri: 13.00.03 – Maxsus pedagogika
Mutaxassislik shifri: 13.00.03 – Maxsus pedagogika
Formulasi:
«Maxsus pedagogika» korreksion pedagogika nazariyasi va metodologiyasini, psixofiziologik rivojlanish patologiyasini, ijtimoiy moslashuv, kasbiy yaroqliligi, logopediya, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, korreksion taʼlim va tarbiyaning tashkil etilishi, mazmuni, shakllari, vositalari, usullari, inklyuziv taʼlim va texnologiyalarini o‘rganadi.
Tadqiqot sohalari:
koreksion pedagogika va defektologiya nazariyasi va amaliyoti;
korreksion pedagogikasi nazariyasi va amaliyoti tarixi;
jismoniy va neyropsixik kasalliklarga chalingan bolalar va kattalarni yoshga bog‘liq rivojlanishini aniqlash va koreksiyalash hamda reabilitatsiya qilish sohasidagi fan va amaliyotning rivojlanish nazariyasi va tarixi;
jismoniy, intellektual rivojlanishdagi buzilish, xulq-atvorning deviant shakllari, psixologik va pedagogik tuzatishlar hamda o‘qitishning nazariyasi va amaliyoti uyg‘unligi;
turli nogironligi va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va kattalarning maxsus taʼlim ehtiyojlari mazmunini aniqlash;
maktabgacha va maktab yoshidagi nospetsifik kasalliklarni korreksiyalash;
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish, ular bilan oilada va boshqa davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarida korreksion-pedagogik ish olib borish;
jismoniy va aqliy nuqsonlari bo‘lgan kattalar (nogironlar va imokoniyati cheklangan) bilan sotsiologik ishning shakllari va usullari;
korreksion pedagogika nazariyasi va amaliyotiga zamonaviy ilg‘or yutuqlarni joriy etish asosida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash jarayonlarini loyihalashtirish;
turli nogironligi va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun identifikatsiya, differensial diagnostika va korreksion yordamini amalga oshiradigan psixologlar va shifokorlar bilan o‘zaro munosabatlarini o‘rganish va real hayotga ijtimoiy moslashtirish.
Fan sohasi: Pedagogika fanlari
